A.R. Rahmon Islomni qabul qilgach dunyoni o‘zgartira oldi
21.12.2015 7338

Eslatma: Material xorijiy OAV materiallari asosida tayyorlangan va dinni targ‘ib qilish g‘oyalaridan holi.

 

    Allah Rakxa Rahmon. Bu ism sizga tanishdir. Hollivud, Bollivud va boshqa kinosanoatlarining bastakori hisoblangan A.R. Rahmon, ayniqsa "Xarobadan chiqqan millioner" filmi uchun ishlagan musiqalaridan keyin jahon miqyosida shuhrat qozondi.  
    Bastakorning shuhrati va omadi hind xalqi tomonidan uning Islomni qabul qilishi bilan bog‘lanadi. Asli ismi Dilip Kumar bo‘lgan bu inson 1967 yilda Hindistonning Chennay shtatida tavallud topgan. U sharq musiqiy ohanglarini zamonaviy, elektron musiqa bilan muvaffaqiyatli omuxtalashtira olgan bastakor. Uni "Hind Motsarti" ham deyishadi. Allah Rakxa Rahmon nufuzli TIME jurnali tomonidan dunyoni o‘zgartira olgan kishilar ro‘yxatiga kiritilgan. Ayniqsa, 2014 yilda bastakor 12 ta xalqaro filmlar uchun musiqa soundtreklari yaratdi. Kamdan-kam film bastakorlari bir yilda bunday yuksak natijaga erisha olganlar.
   1989 yilda Dilip Kumar oilasi Islomni qabul qiladi va u Allah Rakxa Rahmon nomini oladi. Uning hayotidagi yorqin lahzalar ham xuddi shundan keyin sodir bo‘la boshlaydi. 1990 yilda "Roja" filmi uchun yozilgan musiqalardan keyin uni Bollivudga taklif qilishadi. 2005 yilda uning ushbu birinchi musiqiy asari jahonning eng sara musiqalaridan biri sifatida e’tirof etiladi. So‘ngra Hollivud ham uning musiqiy asarlarini birin-ketin sotib ola boshlaydi. Bugun janob Rahmon dunyoning eng oldi bastakorlaridan biri hisoblanadi. Shu bilan birga, uni ko‘pchilik xayrli ishlarning tashabbuskori, saxovatpesha kishi sifatida ham e’tirof etadi.
      2013 yilda Kanadadagi ko‘chalardan biri uning sharafiga A.R. Rahmon deb nomlangan. Uning Islomni qabul qilgani u tanilib ketganidan keyin ko‘p muhokama qilingan. Ayniqsa, hindu va musulmonlar aholining asosiy qatlamini tashkil qiluvchi, xilma-xil e’tiqodlar makoni bo‘lgan Hindistonda mashhur insonning o‘z e’tiqodini o‘zgartirgani hammaning diqqatini tortadi.
     Ma’lum bo‘lishicha, 1984 yilda uning opasi og‘ir darda chalinadi. Opasini davolatish uchun oilaning uchrashmagan shifokor va tabibi qolmaydi. Hattoki hindu bo‘lsa ham, dong‘i ketgan Islom ulamolariga ham maslahat solib ko‘riladi. Shunday sa’y-harakatlar jarayonida Hindiston Islom olamida nom qozongan shaxslardan biri Karimulloh Shoh Qodiriy oilaga Islomni qabul qilish oiladagi dard va uqubatlardan xalos bo‘lishning yagona chorasi ekanligini aytadi. Shunday qilib, oila Islom dinini qabul qiladi. Chindan ham, mo‘’jiza sodir bo‘lib, Alla Rahmonning o‘lim to‘shagidagi opasi shundan so‘ng oyoqqa turib ketadi.
     “Sizning ilhom manbaingiz nima?” deb savol berilganida bastakor Allah Rakxa Rahmon ikkilanmasdan “Bu – Islom. Kun davomida muqaddas “Qur’on”ning go‘zal va ohangdor oyatlarini tinglab yurganim mening ilhom manbaimdir,” deydi. Rahmon Islom mamlakatlarida o‘zining islomiy qo‘shiqlari bilan mashhur.

 

 

Shuhrat Sattorov tayyorladi.

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 219047
  • Sayyidul-istig‘for duosini o‘rganamiz

    Allohumma anta Robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana abduka va ana ala ahdika va vadika mastatotu. Auzu bika min …

    17.12017 98193
  • Alloh la’natlagan pardoz

    Alloh taolo Ozi yaratgan barcha jonzotlar ichida insonni eng gozal suratda yaratganini takidlab, Quroni karimda shunday…

    19.32017 47205
  • QUR’ON tilovati

    Quron oqishdan avval poklanib oling. "Uni (Quronni) tahoratli kishilardan ozgalar ushlamaslar" (Voqea, 79). Quron oqi…

    18.82016 45711
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24759
  • 19232
  • 12945
  • 15957