Musulmon futbolchi Misrdagi bolalalar shifoxonasiga yordam ko‘rsatdi
20.3.2018 3006

“Liverpul” futbol jamoasining futbolchisi Muhammad Salohning hayriya ishlarida faolligi ko‘pchilikka ma’lum. Shu kunlarda futbolchi Misrdagi bolalar onkologik kasalliklari shifoxonasiga 500 ming funt sterling miqdoridagi pulni, kasalxonaga zarur uskunalarni xarid qilish uchun o‘tkazgan.

Ushbu shifoxonada suyak iligi saratoni kasalligi bilan og‘rigan bolalar davolanadilar. Ushbu kasallikning davosi va unda qo‘llaniladigan dori – darmonlar juda qimmat turishi barchaga ma’lum. Sportchi ana shunday og‘ir kasallikdan aziyat chekayotgan bolajonlarga qo‘lidan kelganicha yordam berishga intilmoqda. Yaqindagina Muhammad Saloh aynan shu kasallikka chalingan Misrlik bolakayning suyak iligini ko‘chirish amaliyoti harajatlarini o‘z zimmasiga olishini ma’lum qilgan edi.

Bolakayning otasi Saloh telefon orqali bolakay bilan gaplashib uning sog‘ayishida yordam berishini ma’lum qilganida, o‘g‘li qanchalar baxtiyor bo‘lganini so‘zlab berdi. Otaning aytishicha “Muhammad Salohning so‘zlari bolaga umid bergan va bolaning sog‘ligida yaxshi tomonga o‘zgarishlar kuzatilmoqda”.

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217688
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24655
  • 19112
  • 12865
  • 15848