Penzada musulmonlar va g‘ayridinlar hamkorligida masjid bunyod qilinmoqda
20.3.2018 2756

Penza viloyatining Zarechnыy shaharchasida mingdan ortiq musulmon istiqomat qiladi. Lekin, ularda jamoat namozlarini ado etish uchun yagona maskan shu kungacha yo‘q edi. Musulmonlar shahar ma’muriyatiga masjid qurilishi uchun yer ajratib berish talabi bilan bir necha bor murojaat qilganlar, lekin ularning murojaatlari javobsiz qolavergan.

Mana bugunga kelib musulmon jamoasi masjid binosiga ega bo‘ldilar. Ularga masjid uchun 82 kvadrat metrli binoni islom diniga umuman aloqasi bo‘lmagan mahalliy sahovatli tadbirkor hadya qildi. U “insonlar qaysi din va millat bo‘lishlaridan qat’iy nazar muhtoj paytlarida bir-birlariga yordam berishlari shart”, deya hisoblaydi.

Mahalliy musulmonlar jamoasi yetakchisi Rafail Davidovning ta’kidlashicha, endilikda bino namozxona va taxoratxona tarzida qayta ta’mirlanishi zarur. Shu munosabat bilan jamoat viloyat muftiysi Islam hazrat Dashkinga yordam so‘rab murojaat qildi.

Masjid qurilishi va minoralarning o‘rnatilish loyihasi tuzib chiqilgan. Namozxona binosida: honaqoh, taxoratxona, ayollar uchun namozxona, bolalar uchun darsxona va boshqa qulayliklarni yaratish rejalashtirilgan. Hozirda erkaklar uchun namozxona va taxoratxona qurib bitkazilib bo‘lindi.

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217689
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24655
  • 19113
  • 12865
  • 15848