Rossiya musulmonlari diniy qurultoyi Odilxon Ismoilovning Quron tilovati bilan ochildi
Rossiya Federatsiyasining Sverdlovsk viloyatida rasmiy tashrif bilan mehmon bo‘lib turgan O‘zbekiston musulmonlari idorasi delegatsiya a’zolari 2016 yil Z0 noyabr kuni Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan “Rossiya musulmonlari diniy qurultoyi”da qatnashishdi.
Qurultoy O‘zbekiston delegatsiyasi vakili “Shayx Zayniddin” jome masjidi imom-xatibi Odilxon Ismoilovning Quron tilovati bilan ochildi.
Tadbirda ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish, islom dinining sofligini saqlash, buzg‘unchilarning xurujlari va kirdikorlaridan yoshlarni asrash, jumladan, ularning islom diniga yot g‘oyalari va xatti-harakatlaridan doimo ogoh bo‘lish va ularga munosib raddiyalar berish kabi muhim masalalar muhokama qilindi.
Yig‘ilishda raislik qilgan Moskva shahar Bosh muftiysi Albir Kirganov O‘zbekiston musulmonlari idorasi faoliyati, masjidlar va diniy ta’lim muassasalarining ta’lim tizimiga yuqori baho berdi. Xususan, u o‘z nutqida, Buxoro shahridagi “Mir-Arab” madrasasi faoliyatini alohida tilga olib, undagi ta’lim uslubini yuqori baholab: “ushbu madrasa biz uchun eng kuchli maktab hisoblanadi. Biz Rossiya muftiylari ushbu ilm dargohidan andaza olishimiz kerak”, deb takidlab o‘tdi.
Manba: www.muslim.uz