Islomda ovqatlanish odoblari
11.8.2016 10145

   Bugungi kunda ba’zi bir odamlarning yo‘lda yurib yoki tik turib ovqatlanayotganiga guvoh bo‘lamiz. Hanafiylik mazhabi olimlari taomni tik turib yoki yo‘lda yurib iste’mol qilishni makruh hisoblashadi. Bu tarzda taomlanish odob-axloq qoidalariga zid ekanligini aytishadi. Ovqatni hotirjam holda o‘tirib iste’mol qilish lozimligini ta’kidlanadi. Shundagina ovqatlanish odoblariga rioya qilingan bo‘ladi. Islom dini ta’limotlariga binoan ovqatlanish odoblari quyidagi me’zonlarni o‘z ichiga oladi:

 

1) ovqatni yaxshilab chaynab, so‘ngra yutish;

 

2) og‘izga solingan bir bo‘lak taomni yutmasdan turib ikkinchi bo‘lakni og‘izga solmaslik;

 

3) nonni tishlab emas, balki qo‘lda mayda bo‘laklarga bo‘lib iste’mol qilish;

 

4) og‘izda ovqat to‘la bo‘lgan paytda gapirmaslik;

 

5) taomni sovitish uchun uni puflash kerak emas;

 

6) ovqatlanish vaqtida atrofdagilarning idishiga nazar tashlamaslik;

 

7) tortilgan taomni imkon qadar oxirigacha iste’mol qilish;

 

8) agar biror narsani og‘izdan chiqarish zaruriyati bo‘lsa, dasturxondan teskari o‘girilib, chap qo‘lda uni olib tashlash;

 

9) ko‘pchilik bo‘lib ovqatlanganda taomga kattalardan oldin qo‘l uzatmaslik;

 

10) taomlanib bo‘lgach Alloh taologa bergan rizqi uchun hamd aytish;

 

11) ovqatlangach qo‘llarni yuvish.

 

www.islam-today.ru  saytidan Umida Qodirova tarjimasi.

 

Manba: www.ziyo.uz 

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217173
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24613
  • 19073
  • 12843
  • 15819