Nega Allohni Sen deymiz?
30.10.2016 11229

       Duoga qo‘l ochganimizda Allohga “Sen” deb murojaat qilamiz, Payg‘ambar alayhissalomga esa “Siz” deymiz. Nega shunday deyishimizning boisini ko‘p vaqt o‘ylab yurib, shunday xulosaga keldim:
     Birinchisi, banda o‘zini Unga juda ham yaqin his etgani bois shunday deyishga jur’at etadi. Masalan, aksar millatlar odamlari begona kishi bilan tanishgan choqda “siz” deb muomala qiladi. Bu munosabatni bir oz ehtiromga va yana bir oz yotsirashga ham o‘xshatish mumkin. U bilan apoq-chapoq bo‘lib qolganidan so‘ng “siz”lash chegarasidan “sen”lash hududiga o‘tadi;
       Ikkinchisi, Payg‘ambar alayhissalom inson naslidan. Shu bois uni eng sharafli zot hisoblab murojaat qilinadi, hurmat-ehtirom ko‘rsatiladi. Bunday holatda “sen” so‘zi sira ham qovushmaydi.
      “Sen”ni ham, “Siz”ni ham, bu so‘zlarni iste’foda etuvchini ham yaratgan Alloh taolodir. Shuningdek, U murojaat etuvchining qalbini ko‘rib turadi. Bu jihatdan, unga qaysi so‘z bilan emas, qaysi hol bilan murojaat etish muhimdir.
       Shu asnoda yana bir savol tug‘ildi: Biz, bandalar “Sen” deb murojaat qilgan Alloh taoloning O‘zi Qur’oni karimda “Biz” demoqda. Buning boisi nima? Mavzuga oid adabiyotlarni sahifalab? bu savolga quyidagicha javob topishga musharraf bo‘ldim va ularni muhtaram mushtariylarga ham ilinishga jur’at etdim:

    “Biz” kalimasi bilan Alloh hukmdorlarga ibratli bir hikmatni anglatgan. Chunki bu so‘z zamiriga U ulug‘vorlik va viqorni joylagan. Tarixdan bilamizki, “biz” maliklar va sultonlar ifodasidir. Ular hukmlari va maktublarini ”Biz ki...” deya boshlaydilar. Masalan, “Biz ki(m), maliki turon...” Zero, bu ifodada hashamat va buyuklik bor. Alloh – azal va abadning maliki, podshohi. Albatta, hashamat va buyuklikni ifoda etgan “Biz” so‘zini “Men” so‘zidan afzal ko‘rishi Uning azamati sharafidandir.
     Qur’oni karimning tushirilishiga o‘xshagan jarayonlarda farishtalar ham qatnashgan va ular vosita bo‘lgan ishlarda “Biz” deydiki, buning bilan zoti ila birlikda ijrochi farishtalarga ham ishorat etgani tushuniladi. Masalan, “Qur’onni Biz tushirdik”, deganida “Qur’onni men farishtalarim vositasida habibimga tushirdim” degan gap nazarda tutiladi. Shu kabi “Biz ko‘kdan bir suv tushiramiz” deganida yomg‘ir yog‘diruvchi bulutlarni surib kelishga mas’ul bo‘lgan farishta ham e’tiborga olinadi. Ammo bu farishtalarning ta’sirda hech qanday ishtiroki yo‘q. Chunki ta’sirning haqiqiy sohibi – Allohdir.
     Ilk yaratilishni ifoda etgan oyatlarda Alloh “Men” deydi. Masalan, “Men jinlarni va insonlarni faqat menga ibodat etsinlar deya yaratdim”. Lekin keyingi yaratilishlar xabari berilgan oyatlarda “Biz” ifodasi kelgan. Bundan qasd etilgani esa o‘sha vaqtda yaratilishga farishtalarning shohid bo‘lgani va Uning amrini bajarganidir. Bu ifoda bilan Alloh o‘z ishiga farishtalarni guvoh etmoqda. Masalan, “Biz yerni, ko‘kni va ichidagilarni yaratdik” deganda Alloh bu yaratilishni yolg‘iz o‘zi bajargani va ularni yaratar ekan u yerda farishtalar hozir turib guvoh bo‘lgani tushuniladi.


Damin JUMAQUL, jurnalist

 

Manba: www.muslim.uz 

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 218657
  • Sayyidul-istig‘for duosini o‘rganamiz

    Allohumma anta Robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana abduka va ana ala ahdika va vadika mastatotu. Auzu bika min …

    17.12017 98122
  • Alloh la’natlagan pardoz

    Alloh taolo Ozi yaratgan barcha jonzotlar ichida insonni eng gozal suratda yaratganini takidlab, Quroni karimda shunday…

    19.32017 47146
  • QUR’ON tilovati

    Quron oqishdan avval poklanib oling. "Uni (Quronni) tahoratli kishilardan ozgalar ushlamaslar" (Voqea, 79). Quron oqi…

    18.82016 45570
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24739
  • 19196
  • 12927
  • 15932