Yaxshi erning 10 ta “oltin” qoidasi
19.7.2016 11243

    Oilaning mustahkamligi va kelajagi, birinchi navbatda, erkakning yaqinlar hayotida tutgan o‘rni, o‘rnatgan tartib-qoidasi va tutumlariga bog‘liq. Xotinining ko‘z o‘ngida va umuman uning hayotida birinchi raqamli inson bo‘lish uchun erkak amal qilishi zarur bo‘lgan ma’lum qoidalar mavjud. 

 

1. Yaxshi kiyining. O‘z ayolingiz uchun chiroyli, ozoda kiyinishga harakat qiling. Erkaklar ayollarini doim chiroyli bo‘lishlarini istaganidek, ular ham o‘z turmush o‘rtoqlarini ko‘rkam va ozoda yurishlarini xohlashadi. 

 

2. Ayolingizni chiroyli ismlar bilan chaqiring! Ayolingizga murojaatda unga ma’qul bo‘ladigan eng chiroyli ismlar va erkalash so‘zlaridan foydalaning. Bilasiz, ayollar qulog‘i bilan yaxshi ko‘radi. Payg‘ambar sallallohu alayhi vasallam hazratlari ham ayollarini ularga eng yoqimli bo‘lgan ismlar bilan chaqirganlar. 

 

3. Yaxshi tomonlarini e’tirof eting va e’tiborli bo‘ling! Doim ham ayollarimizning biz va oilamiz uchun qilayotgan ishlarini yetarlicha baholamaymiz, rag‘batlantirmaymiz. Buni bajarilishi shart bo‘lgan odatiy yumushlardek qabul qilamiz. Vaholanki, bunga qancha mehnat va vaqt ketadi. Shu sabab ba’zi kamchiliklaridan ko‘z yuming, ishlarini e’tirof qilib turing. Bu ayollarga o‘ziga bo‘lgan ishonchni orttiradi, sizni yanada ko‘proq hurmatlaydi. 

 

4. Xatolarini yuziga solmang! Agar ayolingizda biror kichik kamchilik bo‘lsa, uni darrov yuziga solib, muhokama mavzusiga aylantirmang. Bosiqlik bilan tushuntiring va jo‘yali tavsiya hamda maslahatlar bilan ulardan xalos bo‘lishiga ko‘maklashing. 

 

5. Tabassum qiling! Maslahatlarning ichida eng oddiysi bu samimiy tabassumdir. Tabassum sunnat amal bo‘lsa, ayoliga tabassum hadya etish ikki karra sunnatdir. Rishtalar mustahkamligining asosi ham samimiy tabassum va ayoliga ochiq chehra bilan munosabatda bo‘lish, deyilsa xato bo‘lmaydi. 

 

6. Minnatdorlik. Uning ham munosabatlarda ulushi katta. Ayolingizga oilangiz uchun bajarayotgan ishlari uchun minnatdorlik izhor qilib turing. Zero, ro‘zg‘ordagi pokizalik, tozalik va saranjomlikni ularsiz do‘ndira olmaymiz. Minnatdorlik ayolingizga zavq beradi, hayotidan mamnunlikni yuksaltiradi. 

 

7. Ayolni baxtli qilish. Ayolingizdan uni baxtiyor qiladigan 10 ta narsa nomini so‘rang va quvonch hadya qiling. Uning baxti haqida qayg‘urishingizni his etishi sizga bo‘lgan mehr-muhabbat va hurmatni yana oshiradi. 

 

8. Tinchlantiring va ovuting. Ayol – juda nozikqalb hilqat. Uning kayfiyati har qanday sabab bilan o‘zgarib turishi mumkin. Ana shunday vaziyatlarda erkakcha vazminlik bilan holatdan chiqishiga ko‘maklashing, yelkadosh bo‘ling. 

 

9. Kulgu ulashib turing. Janobi Akram sallallohi alayhi vasallam ham o‘z ayollariga kulgu ulashib turganlar. Quvnoqlik, kulgu-tabassum va hazil-mutoyiba munosabatlar mustahkamligini ta’minlovchi yana bir muhim jihatdir.

 


10. Barcha sharoitlarni yaratib bering. Payg‘ambarimiz yaxshiliklarning eng a’losini avvalo o‘z oilasiga qilish kerakligi va ana shunday kishilar eng yaxshilar ekanini ta’kidlaganlar. Qolaversa, o‘z duolaringizda Yaratgandan oilaviy baxt, mehr-muhabbat, o‘zaro hurmat tuyg‘ulari mustahkamligini so‘rashni unutmang. 

 

 

www.islam-today.ru sayti asosida tayyorlandi.

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217119
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24608
  • 19067
  • 12839
  • 15810