“Zigota” hujayrasi yohud Alaq surasidagi mo‘’jiza haqida
2.11.2016 8872

     Erkak spermatozoid hujayrasi ayol tuxum hujayrasi bilan birlashgan paytda bo‘lajak chaqaloq homilasining dastlabki tuzilmasi vujudga keladi. Biologiyada “zigota” deb nomlangan bu toq hujayra shu zahoti bo‘linib, ko‘paya boshlaydi va “bir parcha go‘sht”ga aylanadi. Ammo zigota bo‘shliqda rivojlanmaydi. U ilgaksimon o‘simtalari bilan ona qornining devoriga zulukdek yopishib oladi va go‘yo daraxt yerga tomir otgandek, ildiz ota boshlaydi. Mana shu mexanizm tufayli homila ona qorniga so‘rilib, ona organizmiga kelib tushayotgan barcha kerakli elementlar bilan oziqlana boshlaydi.
      Aynan mana shu yerda Qur’oni Karimning ajoyib mo‘’jizalaridan biri namoyon bo‘ladi. Oyatda ona qornida o‘sa boshlagan hujayra - zigota haqida so‘z ketganda, “laxta qon” iborasi ishlatiladi:

 

(Ey Muhammad alayhissalom, Siz o‘zingizga nozil bo‘ladigan Kur’onni barcha mavjudotni) yaratgan Zot bo‘lmish Parvardigoringiz nomi bilan (boshlab) o‘qing! U insonni laxta qondan yaratgan (Zotdir). O‘qing! Sizning Parvardigoringiz (insoniyatga) qalamni (ya’ni, yozishni - xatni) o‘rgatgan o‘ta Karamli Zotdir. (Alaq surasi, 1-3-oyatlar) 

   

     “Alaq” so‘zi “biror narsaga yopishib, osilib olgan narsa”ni anglatadi. Zigota, ya’ni hujayraning ona qornida rivojlanish mexanizmini bu qadar aniq va lo‘nda tavsiflaydigan bu so‘z tasodifan tanlangan emas, albatta. Insoniyat qachonlardir ilmiy va tibbiy taraqqiyot bosqichida mana shu haqiqatni anglash darajasiga yetishini avvaldan bilgan, balki buni O‘zi taqdir qilgan Parvardigorimiz - Olamlarning Robbisi bo‘lgan Alloh Haq Subhanahu Taolo o‘zining cheksiz Hikmati bilan shu ilmlarni bizga avvaldan nozil qilgan ekan.

 

 

Manba: www.quran.uz 

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217490
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24634
  • 19094
  • 12852
  • 15833