Ассалому алейкум
Mavzu:

Masjidda gaplashgan odamning 40 kunlik ibodati qabul bo‘lmaydimi? 16.12.2016

Savol:

    Assalomu alaykum! Masjidga kirib, dunyo haqida suhbatlashilsa kishining 40 kunlik ibodati kesilishi haqida biror sahih yoki zaif hadis yohud rivoyatlar kelganmi?

Bo`lim Odob-axloq
9604
Javob:

   Va alaykum assalom. Masjidlarda Alloh zikr qilinadi, namoz o‘qiladi, ilm o‘rganiladi. Bu muborak joylarda dunyoga tegishli so‘zlar gapirilmaydi. Siz so‘ragan ma’noda biron hadisni o‘qimaganman. Lekin namozxon oldidan kesib o‘tish haqida 40 soni bilan bog‘liq rivoyat kelgan. 

 

عَنْ أَبِي جُهَيْمٍ الأَنْصَارِيُّ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: لَوْ يَعْلَمُ الْمَارُّ بَيْنَ يَدَيْ الْمُصَلِّي مَاذَا عَلَيْهِ لَكَانَ أَنْ يَقِفَ أَرْبَعِينَ خَيْرًا لَهُ مِنْ أَنْ يَمُرَّ بَيْنَ يَدَيْهِ قَالَ أَبُو النَّضْرِ: لاَ أَدْرِي أَقَالَ أَرْبَعِينَ يَوْمًا أَوْ شَهْرًا أَوْ سَنَةً. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ وَمُسْلِمٌ وَأَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ وَالنَّسَائِيُّ. 

 

   Abu Juhaym Ansoriy roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladi: “Namoz o‘quvchi oldidan kesib o‘tadigan kimsa qanchalik gunohkor bo‘lishini bilganida, albatta, uning oldidan o‘tishdan ko‘ra qirq (muddat) to‘xtab turishi o‘zi uchun yaxshi bo‘lardi”. Abu Nazr shunday degan: “Qirq kun yoki qirq oy yoxud qirq yil, dedimi, bilmayman” (Buxoriy, Muslim, Abu Dovud, Termiziy, Nasoiy rivoyat qilgan). 
   Bu hadisda aytilishicha, kishi namoz o‘qiyotgan odam oldidan o‘tish qanchalik gunoh ekanini bilganida qirq muddat kutib turishni afzal bilardi. Mazkur hadisda qirq muddat (qirq kunmi, qirq oymi, qirq yilmi aniq emas) deb keltirilgan bo‘lsa, Termiziy rivoyatida “Sizlardan biringiz yuz yil kutib turishi namoz o‘qiyotgan birodari oldidan kesib o‘tishidan yaxshiroq”, deyilgan. Demak, namoz o‘qiyotgan odam oldidan o‘tmaslik lozim. Agar bir odam oldiga sutra qo‘ymasdan namoz o‘qiyotgan bo‘lsa, biroz sabr qilib kutib turiladi, ikki tarafga salom berib namozdan chiqqanidan keyin o‘tiladi. Mana shunisi yaxshi, namozxon oldidan o‘tib, gunohga botgandan ko‘ra afzal. 

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217258
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Masjidda gaplashgan odamning 40 kunlik ibodati qabul bo‘lmaydimi? 16.12.2016

Assalomu alaykum! Masjidga kirib, dunyo haqida suhbatlashilsa kishining 40 kunlik ibodati kesilishi haqida biror sahih yoki zaif hadis yohud rivoyatlar kelganmi?

9604