Ассалому алейкум
Mavzu:

Maqtov eshitganda o‘zini qanday tutish kerak? 18.02.2017

Savol:

     Assalomu alaykum. Qori aka, bir narsa ko‘nglimni g‘ash qilyapti. Men qaysidir kitobda yoki juma ma’ruzalarida kimdandir eshitgan edim: duo qilganda bu dunyo odamlari orasida emas, oxiratda Alloh huzurida farishtalar orasida maqtalishni so‘rang. Bu dunyoda maqtalganlar oxiratda maqtalmaydi, deyilgan ekan. Men o‘zimdan xavotirdaman. Chunki meni ota-onamdan tortib, xola tog‘alarim “yaxshi ham shu bola bor. Mening ham bolam shunga o‘xshasaydi”, deb niyat qilib duo qilishadi. Ishxonada ham hamma ishchilar “ish berganingizga rahmat, ishlaringizga rivoj bersin”, deb duo qilib turishadi. Shunaqa paytlarda oxiratda nima bo‘lar ekan, deb qo‘rqib ketaman. Shunga siz nima deysiz? Maslahat bering, duo qiling, Alloh O‘zi to‘g‘ri yo‘ldan adashtirmasin!

Bo`lim Odob-axloq
8759
Javob:

   Va alaykum assalom. Aziz birodarim, siz kibr va g‘urur haqida savol bermoqdasiz. Hadisi shariflarda kibrli banda qiyomat kuni zarra kabi kichik bo‘lishi, mutakabbir jannatga kirmasligi, kim kibr qilsa, Alloh uning obro‘sini pasaytirishi, kamtar insonlarning martabasi ko‘tarilishi aytilgan. Siz rahbar odamsiz. Buning uchun Alloh taologa shukr qiling. Mol-davlatingiz, martabangiz va obro‘yingiz oshgan sari odamlarga muloyimlik, kamtarlik bilan muomalada bo‘ling. Odamlar haqqingizga duo qilgani yaxshi, hatto maqtagani ham zararli emas. Agar maqtov haddan oshib ketsa, “Ey Alloh, ular aytayotgan narsa bilan meni azobingga giriftor qilma! Ular bilmaydigan gunohlarimni kechirgin! Ular meni o‘ylaganlaridan ham yaxshiroq qil!” deb duo qiling, o‘zingizni doim kamtar tuting, banda ekaningizni, har bir soniyada Allohning rahmatiga muhtojligingizni unutmang. Mol-davlat, obro‘-e’tibor bilan birga imon va chiroyli xulq, jumladan kamtarlik fazilati bo‘lsa, inshaalloh, qiyomat kuni ham martabangiz yuqori bo‘ladi. Muhimi o‘sha maqtovlarga uchib, o‘zingizni katta olmasangiz, bu olqishlarga ishonib kekkaymasangiz bo‘lgani.
      Ayrim osorlarda kelishicha, ayrim sahobai kiromlar (ba’zi rivoyatlarga ko‘ra Abu Bakr Siddiq raziyallohu anhu) o‘zlariga nisbatan maqtov so‘zlarni eshitsalar shunday duo qilardilar:

 

اللهم لا تؤاخذني بما يقولون واغفر لي ما لا يعلمون

 

O‘qilishi: “Allohumma laa tuaaxizniy bimaa yaqu(v)lu(v)n vag‘fir liy maa laa ya’lamu(v)n”.

 

Ma’nosi: “ey Alloh, ular aytayotgan so‘zlar tufayli meni jazoga tutmagin va mendagi ular bilmaydigan xato-kamchiliklarimni kechirgin” (Ushbu asarni Imom Buxoriy al-adab al-mufradda rivoyat qilgan.Shuningdek, Bayhaqiy “shuabu-l-iymon”da va Ibn Abiy Shayba “musannaf”da rivoyat qilib keltirishgan). 

 

     Musulmon kishi biror ezgu ishni amalga oshirganda o‘zgalar uni maqtashi unga zarar keltirmaydi. Bu ham bo‘lsa, u kishi uchun qilgan yaxshiliklarining bu dunyodagi ajr-savobidir. Undan tashqari, hadisi shariflarda vorid bo‘lishicha, biror insonga yaxshilik qilinganda o‘sha yaxshilikni odamlar orasida zikr qilishi qaysidir ma’noda mazkur yaxshilikning mukofoti va shukronasi o‘laroq baholanar ekan. Shunga ko‘ra, sizning yaxshiligingizni tilga olishlari bu – ular tomonidan sizga bildirilayotgan minnatdorchiliklarining bir ko‘rinishidir. Muhimi, yuqorida aytilganidek, maqtovga berilib, maqtalishni yaxshi ko‘rib qolmaslikdir. Vallohu a’lam!

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217239
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Maqtov eshitganda o‘zini qanday tutish kerak? 18.02.2017

Assalomu alaykum. Qori aka, bir narsa konglimni gash qilyapti. Men qaysidir kitobda yoki juma maruzalarida kimdandir eshitgan edim: duo qilganda bu dunyo odamlari orasida emas, oxiratda Alloh huzurida farishtalar orasida maqtalishni sorang. Bu dunyoda maqtalganlar oxiratda maqtalmaydi, deyilgan ekan. Men ozimdan xavotirdaman. Chunki meni ota-onamdan tortib, xola togalarim yaxshi ham shu bola bor. Mening ham bolam shunga oxshasaydi, deb niyat qilib duo qilishadi. Ishxonada ham hamma ishchilar ish berganingizga rahmat, ishlaringizga rivoj bersin, deb duo qilib turishadi. Shunaqa paytlarda oxiratda nima bolar ekan, deb qorqib ketaman. Shunga siz nima deysiz? Maslahat bering, duo qiling, Alloh Ozi togri yoldan adashtirmasin!

8759