Ассалому алейкум
Mavzu:

Muslima ayol nasroniyga turmushga chiqsa bo‘ladimi? 18.01.2017

Savol:

    Assalomu Alaykum qori aka! Meni Rossiyada bir tanishim bor. Millati o‘zbek, muslima. U rossiyalik bir rus odamga turmishga chiqqan. Biroq turmush o‘rtog‘i nasroniy dinida. Islom dini bunga qanday qaraydi?

Bo`lim Fiqh
7516
Javob:

    Va alaykum assalom. Musulmon erkak muslimaga, shuningdek, ahli kitobdan bo‘lgan pokiza (yahudiy yoki nasroniy) ayolga uylansa bo‘ladi. Alloh taolo bunga ruxsat bergan. Lekin muslima ayol faqat musulmon erkakka turmushga chiqadi, g‘ayridin kishi bilan oila qurishi joiz emas. Nega, deyilsa, musulmon erkak ahli kitob turmush o‘rtog‘i haqini ado etadi, ammo g‘ayridin erkak muslima haq-huquqlariga e’tibor bermasligi, unga zulm qilishi, imon-e’tiqodiga ziyon yetishi mumkin. Qolaversa, farzand tarbiyalashda ham otaning o‘rni muhim bo‘lib, muslima ayoldan tug‘ilgan bolalar g‘ayridin otaga o‘xshashga, undan o‘rnak olishga harakat qiladi. Shu va boshqa sabablar bilan muslima ayolning g‘ayridin kishi bilan turmush qurishiga ruxsat etilmaydi. Qolaversa, o‘zbek ayollarining o‘zbekona madaniyatimiz va mentalitetimizga to‘g‘ri kelmaydigan muhitda yashaydigan ajnabiy kishilar bilan oila qurishlari tug‘ilajak farzandning milliy ruhda o‘sib-ulg‘ayishiga ham to‘g‘anoq bo‘lishi mumkin.

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217229
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Muslima ayol nasroniyga turmushga chiqsa bo‘ladimi? 18.01.2017

Assalomu Alaykum qori aka! Meni Rossiyada bir tanishim bor. Millati ozbek, muslima. U rossiyalik bir rus odamga turmishga chiqqan. Biroq turmush ortogi nasroniy dinida. Islom dini bunga qanday qaraydi?

7516