Ассалому алейкум
Mavzu:

Qafasda qush boqsa bo‘ladimi? 11.03.2017

Savol:

Assalomu alaykum. Qafasda qush boqish hukmi qanday?

Bo`lim Ijtimoiy masalalar
8630
Javob:

   Va alaykum assalom. Hanafiy mazhabi ulamolariga ko‘ra, go‘shti yeyiladigan kabutar, chumchuq kabi qushlarni sotish mumkin. Sababi ulardan foydalaniladi. Shuningdek, ov qilishga o‘rgatilgan burgutni ham sotish joiz. Faqat o‘sha burgut ov qilishga o‘rgatilgan yoki o‘rgatish mumkin bo‘lishi kerak. Agar burgutni ov qilishga o‘rgatib bo‘lmasa, uni sotish mumkin emas.
  Shuningdek, rangidan foydalaniladigan tovus, ovozidan foydalaniladigan bulbul, sava, kanareyka kabi qushlarni ham sotish mumkin.
Ammo na go‘shti yeyiladigan va na ov qilishga yaraydigan qarg‘a, kalxat kabi qushlarni sotishga ruxsat yo‘q. Chunki bundan biron manfaat hosil bo‘lmaydi.
  Xoh o‘ziniki, xoh birovniki bo‘lsin, havoda uchib yurgan qushni sotish mumkin emas.
Yuqorida keltirilganlardan ma’lum bo‘ladiki, mo‘min banda go‘shti yeyiladigan, ovozi yoki rangidan foydalaniladigan qushlarni sotishi, sotib olishi, qafasda boqishi mumkin. Faqat bunda ularning ozuqasiga, suviga e’tiborli bo‘lish, ularga zulm qilmaslik kerak. Agar qafasdagi qush ozuqa va suvdan, yana kerakli narsalardan man qilinsa, jonzotga zulm qilingan bo‘ladi.

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217262
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Qafasda qush boqsa bo‘ladimi? 11.03.2017

Assalomu alaykum. Qafasda qush boqish hukmi qanday?

8630