Ассалому алейкум
Mavzu:

Aqli zaiflar oxiratda javobgar bo‘ladilarmi? 12.03.2017

Savol:

   Avvalgi savolimga bergan javobingiz uchun rahmat. Yana bir savol. Mening bir qarindoshim bor. Yoshi menikidan katta. U maktabga chiqmagan, hech qayerda o‘qimagan. Uning miyasiga hech narsa yetib bormaydi. Namoz o‘qishni ham o‘rganolmagan. Ochig‘ini aytganda, uning aqli zaifroq. Men o‘sha qarindoshimning oxiratidan xavotirdaman. Bunday odamlarning oxiratdagi ahvoli qanday bo‘ladi yoki Alloh aqli zaif odamlarning gunohini kechirib yuboradimi?

Bo`lim Fiqh
6088
Javob:

   Bismillah, valhamdulillah. Shariatda deyarli barcha amallar vojib bo‘lish shartlarida “oqillik”, ya’ni aqli joyidalik sanab o‘tiladi. Bu narsa banda mukallaf bo‘lishi uchun aqli zaif bo‘lmasligi kerakligini anglatadi. Ali roziyallohu anhu Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladi: “Uch(toifa)dan – uyqudagi odam uyg‘ongunicha, bola ehtilom ko‘rgunicha, majnun oqil bo‘lgunicha, qalam ko‘tarilgan” (Abu Dovud, Termiziy, Nasoiy, Dorimiy, Ibn Moja, Ahmad, Ibn Hibbon va Hokim rivoyati). 
   Bu yerda “qalamning ko‘tarilgani” majoz bo‘lib, mana shu uch toifa shar’iy vojib amallarni bajarishlari shart emasligi, ulardan bu ish soqit bo‘lishini anglatadi. Ular orasida majnun ham bor. Demak, haqiqatan jinni hisoblangan odamdan barcha farz ibodatlar va boshqa majburiyatlar soqit bo‘ladi. Majnun, aqli zaif odam farz va vojib amallarni bajarmagani sabab gunohga botmaydi.      Ibodatlarni bajarish farz bo‘lishi uchun tamyiz (yaxshi va yomonni ajrata bilish xususiyati), aql bo‘lishi kerak. Majnunda aql ham, tamyiz ham bo‘lmaydi. 
Sog‘ odam majnun bo‘lib qolsa, uning tahorati, tayammumi buziladi. Faqihlar ittifoq qilishicha, majnunga namoz o‘qish vojib emas.    Sababi aqlning zavol topishi bilan namoz undan soqit bo‘ladi. Hanafiy ulamolarga ko‘ra, qaysi odam olti mahal namoz vaqtida behush yotsa, keyin o‘ziga kelgach, qazo qilgan namozlarini o‘qimaydi. 
   Majnun uyqudagi yoki hushidan ketgan odam bilan barobar. Uning so‘zi inobatga olinmaydi. Uning talog‘i, islomi, mardudligi, oldi-sotdisi, shartnomasi va boshqa qavliy amallari e’tiborga olinmaydi. 
   Xullas, ibodatlar, tasarruflar to‘g‘ri bo‘lishi uchun banda musulmon, oqil, balog‘atga yetgan, yaxshi va yomonni ajrata oladigan bo‘lishi kerak. Majnun ibodatlarni tark etgani, qilgan gunohlari uchun javob bermaydi. Vallohu a’lam! 

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 218736
  • Sayyidul-istig‘for duosini o‘rganamiz

    Allohumma anta Robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana abduka va ana ala ahdika va vadika mastatotu. Auzu bika min …

    17.12017 98138
  • Alloh la’natlagan pardoz

    Alloh taolo Ozi yaratgan barcha jonzotlar ichida insonni eng gozal suratda yaratganini takidlab, Quroni karimda shunday…

    19.32017 47157
  • QUR’ON tilovati

    Quron oqishdan avval poklanib oling. "Uni (Quronni) tahoratli kishilardan ozgalar ushlamaslar" (Voqea, 79). Quron oqi…

    18.82016 45604
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Aqli zaiflar oxiratda javobgar bo‘ladilarmi? 12.03.2017

Avvalgi savolimga bergan javobingiz uchun rahmat. Yana bir savol. Mening bir qarindoshim bor. Yoshi menikidan katta. U maktabga chiqmagan, hech qayerda oqimagan. Uning miyasiga hech narsa yetib bormaydi. Namoz oqishni ham organolmagan. Ochigini aytganda, uning aqli zaifroq. Men osha qarindoshimning oxiratidan xavotirdaman. Bunday odamlarning oxiratdagi ahvoli qanday boladi yoki Alloh aqli zaif odamlarning gunohini kechirib yuboradimi?

6088