Ассалому алейкум
Mavzu:

Farz namozlarining 3-4-rakatidagi qiroat ! 13.04.2017

Savol:



   Assalomu alaykum.  Bizning hanafiy mazhabimizda farz namozlarining 3-4-rakatlarida Fotihani qiroat qilish hukmi haqida batafsil ma’lumot bersangiz.

Bo`lim Fiqh
8336
Javob:

   Va alaykum assalom. Bizning hanafiy mazhabida to‘rt rakatli farz namozlarining avvalgi ikki rakatida Fotiha bilan zam sura o‘qish vojib sanaladi. Keyingi ikki rakatda Fotihani o‘qish ixtiyoriy: xohlasa, o‘qiydi yoki tasbeh aytadi. Qolgan uch mazhabda buning hukmi boshqacha. 

   Burhoniddin Marg‘iloniyning “Hidoya” kitobida shunday deyilgan: “Banda oxirgi ikki rakatda muxayyardir: xohlasa, (bir tasbeh miqdorida) sukut saqlaydi, xohlasa, (Fotiha surasini) qiroat qiladi, istasa, (uch marta) tasbeh aytadi. Abu Hanifa rahimahullohdan shunday rivoyat qilingan. Bu Ali, Ibn Mas’ud va Oisha roziyallohu anhumdan naql qilingan. Lekin, qiroat qilish afzal. Chunki, Payg‘ambar alayhissalom shunda bardavom bo‘lganlar. Shuning uchun zohirur rivoyatga ko‘ra, uni tark etish bilan sahv (sajdasi) vojib bo‘lmaydi. Nafl namozlari va vitrning har bir rakatida qiroat qilish vojibdir...” 

“Imom Quduriy: “Farz namozlarining oxirgi ikki rakatida faqat Fotiha surasining o‘zini o‘qiydi”, degan. Imom Shofe’iy va Ahmad nazdida, Fotiha surasini o‘qish vojib sanaladi. Imom Molik nazdida, har bir rakatda Fotiha surasini o‘qish vojibdir. Mashhur rivoyatga ko‘ra, Imom Ahmadning qavli ham shunday” (Badriddin Ayniy, “Binoya sharhul hidoya”). 
Mazhabimiz ulamolari quyidagi rivoyatni dalil qilib keltirishgan: 

   Abu Ishoqdan rivoyat qilinishicha, Ali va Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhumo: “(To‘rt rakatli namozning) avvalgi ikki rakatida qiroat qil, keyingi ikki rakatida tasbeh ayt!” deyishgan (Ibn Abu Shayba “Musannaf”da rivoyat qilgan). 
Zaylaiy “Nasbur roya” kitobida: “Bu rivoyat sanadida uzilish bor”, degan. 

“Hasan Abu Hanifadan rivoyat qilishicha, agar qasdan qiroat qilmasa, tasbeh ham aytmasa, yaxshi ish qilmabdi. Agar shuni unutsa, unga sajdai sahv vojib bo‘ladi. Sababi keyingi ikki rakatdagi qiyom maqsuddir. Uning ham qiroat, ham zikrdan xoli bo‘lishi karih sanaladi” (Muhammad ibn Muhammad Rumiy, “Inoya sharhul hidoya”). 
Xulosa qiladigan bo‘lsak, hanafiy mazhabida, nafl va vitr namozining barcha rakatlarida, farz namozlarinnig avvalgi ikki rakatida qiroat qilish vojibdir. To‘rt rakatli farz namozlarining 3-4-rakatlarida xohlasa, Fotihaning o‘zini qiroat qiladi, xohlasa, uch marta tasbeh aytadi yoki bir marta tasbeh aytish miqdorida sukut saqlaydi. Vallohu a’lam!

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 218683
  • Sayyidul-istig‘for duosini o‘rganamiz

    Allohumma anta Robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana abduka va ana ala ahdika va vadika mastatotu. Auzu bika min …

    17.12017 98124
  • Alloh la’natlagan pardoz

    Alloh taolo Ozi yaratgan barcha jonzotlar ichida insonni eng gozal suratda yaratganini takidlab, Quroni karimda shunday…

    19.32017 47149
  • QUR’ON tilovati

    Quron oqishdan avval poklanib oling. "Uni (Quronni) tahoratli kishilardan ozgalar ushlamaslar" (Voqea, 79). Quron oqi…

    18.82016 45573
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Farz namozlarining 3-4-rakatidagi qiroat ! 13.04.2017

Assalomu alaykum. Bizning hanafiy mazhabimizda farz namozlarining 3-4-rakatlarida Fotihani qiroat qilish hukmi haqida batafsil malumot bersangiz.

8336