Ассалому алейкум
Mavzu:

Bog‘chadagi bolalar haqini yeyish! 15.04.2017

Savol:

   Assalomu alaykum  Ustoz. Sizga bir savol bilan murojat qilishga ruxsat bersangiz: bog‘chada ishlaydigan bir opamiz so‘rab berishimni iltimos qildilar. Ularning oyliklari, masalan, 100.000 so‘m bo‘lsa, 80.000 igini naqd berib, qolgan 20.000 giga shakar, go‘sht berisharkan. Ular bilishlaricha, shu 20.000 so‘m pulning o‘rniga berilgan narsalar bolalar haqqi ekan. Ular shu narsalarni olib chiqib sotib yuborishmoqda. Shuni bilib turib sotib olayotgan odamlarga bu narsalar halolmi? Javob uchun oldindan rahmat.

Bo`lim Fiqh
6567
Javob:

 Va alaykum assalom. Bu bolalar haqini yeyishdir. Bunda o‘sha mahsulotlarni bog‘chadan olgan ham, xarid qilgan ham malomatga loyiq ishni qilgan bo‘ladi. Bunday holatda bog‘cha opalar mudiraga bu ish nojoiz ekanini tushuntirishlari, boshqalar esa uni sotish, sotib olishdan ehtiyot bo‘lishlari kerak. Zero Alloh taolo Qur’onda nopok yo‘llar bilan birovlarning molini yeyishdan qaytarib shunday degan: 
 

 

       وَلَا تَأْكُلُوا أَمْوَالَكُمْ بَيْنَكُمْ بِالْبَاطِلِ 

 

« Mollaringizni o‘rtalaringizda botil (yo‘llar) bilan yemangiz! ». (Baqara: 188) 

 

Hadisda esa: 

 

«Men ham bir insonman. Mening huzurimga haq talashib, da’vo bilan kelib turasizlar. So‘zga ustalik qilib, nohaqlik bilan o‘zgalar haqini o‘zlashtirib olsangiz, bilib qo‘yingki, o‘sha narsa do‘zaxning bir cho‘g‘idir. Xohlagan uni olsin, xohlamagan olmasin», deyilgan. 
Shunday ekan mo‘minman degan har bir banda harom yo‘llar bilan rizqlanishdan o‘zini tiyishi kerak!

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 218634
  • Sayyidul-istig‘for duosini o‘rganamiz

    Allohumma anta Robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana abduka va ana ala ahdika va vadika mastatotu. Auzu bika min …

    17.12017 98117
  • Alloh la’natlagan pardoz

    Alloh taolo Ozi yaratgan barcha jonzotlar ichida insonni eng gozal suratda yaratganini takidlab, Quroni karimda shunday…

    19.32017 47144
  • QUR’ON tilovati

    Quron oqishdan avval poklanib oling. "Uni (Quronni) tahoratli kishilardan ozgalar ushlamaslar" (Voqea, 79). Quron oqi…

    18.82016 45560
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Bog‘chadagi bolalar haqini yeyish! 15.04.2017

Assalomu alaykum Ustoz. Sizga bir savol bilan murojat qilishga ruxsat bersangiz: bogchada ishlaydigan bir opamiz sorab berishimni iltimos qildilar. Ularning oyliklari, masalan, 100.000 som bolsa, 80.000 igini naqd berib, qolgan 20.000 giga shakar, gosht berisharkan. Ular bilishlaricha, shu 20.000 som pulning orniga berilgan narsalar bolalar haqqi ekan. Ular shu narsalarni olib chiqib sotib yuborishmoqda. Shuni bilib turib sotib olayotgan odamlarga bu narsalar halolmi? Javob uchun oldindan rahmat.

6567