Hayit kuni vafot etgan jannatga kiradimi? 20.07.2016
Savol:Assalomu alaykum, ustoz! Sizga quyidagi savolni yo‘llamoqchi edim: uch kun Ramazon hayitida vafot etganlar jannatga kiradimi?
Bo`lim Aqida9179
Va alaykum assalom! Avvalo shuni aytish kerakki, Ramazon hayiti uch kun emas, bir kun. Ikkinchidan, Ramazonda, hayit kunlarida yoki juma kunida vafot etgan bandaning jannatga kirishi va’da qilinmagan. Bundoq qaralsa, bu kunlarda qanchadan-qancha imonsiz, betavfiq, o‘zini musulmon sanasa-da, ibodatdan uzoq kimsalar vafot etadi. Aslida, jannatga kirish uchun Allohga imon keltirish, U Zotning amr-qaytariqlariga quloq tutish kerak. Chunonchi, jannatga kirish uchun fazilatli kunda vafot etish shart emas. Lekin, kishining o‘zi iymon-e’tiqodli, solih bandalardan bo‘lsa fazilatli kunlarda, fazilatli makonlarda vafot topishidan yaxshilik va fazilat umid qilinadi. Ammo, qat’iy qilib, jannatiy bo‘ldi, deyilmaydi. Vallohu a’lam!