Ассалому алейкум
Mavzu:

“Bo‘yniga olish” bor narsami? 28.07.2016

Savol:

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh! Bir narsani anchadan beri tushuna olmaganligim uchun o‘zingizga murojaat qilmoqchi edim. “Bo‘yniga olibdi” degan gap bor. Ya’ni, mahallamizda bir odam bor. U kishilarga dam soladi. Lekin oldin bunday ishlar bilan shug‘ullanmas edi. So‘rab bilsak, “bo‘ynimga olganman”, dedi. Shunga tushuna olmadim. Iltimos, tushuntirib bering! Alloh rozi bo‘lsin!

Bo`lim Aqida
8966
Javob:

Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh. Shariatimizda siz nazarda tutayotgan “bo‘yniga olish” degan narsa yo‘q. Buni arroflar o‘zlari o‘ylab topgan. Ularning bahonasi, nima sababdan o‘sha ishlarni qilishlari so‘ralganida aytadigan vajlari shu. Kimdir johil holda yurib, birdan Qur’on o‘qishni o‘rganib qoladi, kasal bo‘lib yotib qoladi, odamlarga dam solishni boshlaydi, o‘g‘irlangan narsalar qayerdaligini aytib beradi. Bu ish shariatimizda qoralangan. Bunday aldoqchilarga ishonish kerak emas, ularning oldiga borish ham qoralangan.
   Ojiz banda g‘aybni, inson ko‘zi bilan ko‘ra olmaydigan, kelajakda sodir bo‘ladigan ishlarni bilmaydi. Buni Alloh va U Zot xohlaganlargina bilishi mumkin. Arroflar aytayotgan narsa g‘irt yolg‘on. Ular o‘g‘rincha eshituvchi jinlar bilan hamkorlik qiladi. Bu Qur’oni karim va hadisi shariflarda bayon qilingan.
    “Bo‘yniga olgan” odam nega ilm va taqvoda peshqadam kishilardan ta’lim olmasdan birdan “ilmli” bo‘lib qolmoqda, qandaydir noma’lum va betayin kishilardan “fotiha” olmoqda? Aslida u nimani bo‘yniga olmoqda? Buni o‘zi ham bilmaydi. Dinimizda bunday mavhum narsalar yo‘q. Bo‘yniga olmasa, kasal bo‘ladi, musibatdan boshi chiqmaydi, degan narsalar yo‘q. Kofir jinlar musulmonlarni imkon qadar ko‘proq adashtirish uchun o‘zlariga itoat qilib, “bo‘yniga olgan” odamlar orqali imoni zaif bo‘lgan ayrim insonlarni adashtirish payidan bo‘ladilar. Chunki, Alloh yaratib qo‘ygan sababiyatlarga ko‘ra ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri va yoppasiga insonlar bilan muloqot qila olmaydilar. Shu bois, mana shunday avvalroq “bo‘yniga olgan” va shu tariqa iymonini qurbon qilgan qo‘shtirnoq ichidagi domlalarni ishga soladilar. Ular orqali insonlarni adashtiradilar. “Bo‘yniga olgan”larning diniy domla qiyofasida ko‘rinishlarining sababi ham shu. Odamlarni adashtirish. Chunki, dinni yaxshi tushunmagan sodda, avom kishisi ularni domla deb o‘ylaydi va natijada unga ergashadi. Aslida esa bularning qilayotgan ishi dajjollikdan boshqa narsa emas.
    Folbin va arroflar “odam” deganda kofir jinlarni nazarda tutadilar. “Odamlarim unday dedi”, “odamlarim bunday dedi” deb mijozlarni laqqa tushiradilar. Bunda ham shariatga o‘ta xilof gap va ishlar bor. Birinchidan, “odamlarim” deb jinlarni o‘ziga nisbat bermoqda. Go‘yo u jinlarni yaratgan va ularni boshqarib turadi. Aslida jinlar o‘sha arrofni qo‘lga olgan bo‘lib, mudom nog‘orasiga o‘ynatadi. Ikkinchidan, “odamlarim bunday dedi” deb maxluqotning, Alloh tarafidan yaratilgan bir xilqatning gapini har narsadan ustun qo‘ymoqda. Aslida Allohning gapi, U Zotning xohishi har narsadan ustundir.
    Xullas, arrof va folbinlar qilayotgan ishlarni har taraflama qaraydigan bo‘lsak, Islomga zidligini ko‘ramiz. Mo‘min-musulmon banda bunday nobakor aldoqchilar tuzog‘iga tushib qolmasligi, ularnig gapiga ishonmasligi, shartlariga ko‘nmasligi, umuman ularning oldiga yaqinlashmasligi kerak bo‘ladi. Dam soldirishda ham o‘ta ehtiyot bo‘lish talab etiladi. Eng ishonchli, dini, diyonati ma’lum, taqvodor kishilarga dam soldirish zarur.

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217711
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
“Bo‘yniga olish” bor narsami? 28.07.2016

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh! Bir narsani anchadan beri tushuna olmaganligim uchun ozingizga murojaat qilmoqchi edim. Boyniga olibdi degan gap bor. Yani, mahallamizda bir odam bor. U kishilarga dam soladi. Lekin oldin bunday ishlar bilan shugullanmas edi. Sorab bilsak, boynimga olganman, dedi. Shunga tushuna olmadim. Iltimos, tushuntirib bering! Alloh rozi bolsin!

8966