Ассалому алейкум
Mavzu:

Yangi ish boshlashdan oldin qon chiqarib yuborish kerakmi? 04.09.2016

Savol:

Assalomu alaykum, qori aka. Sizga bir savolim bor edi: halqimizda bir odam yangi ishxona ochsa yoki yangi ish boshlasa, “Qon chiqazib yuborish kerak”, deb xo‘roz yo qo‘chqor so‘yish odati mavjud. Agar shu ishni qilmasa va o‘sha korxonada biron kulfat bo‘lib qolsa, “Qon chiqarish kerak, degandim-ku” qabilidagi gaplarni eshitamiz. Shu gap to‘g‘rimi? Qon chiqazib yuborish kulfatlar oldini oladimi? Bu shirkka olib bormaydimi?

Bo`lim Aqida
12164
Javob:

Va alaykum assalom. Qurbonlik bir necha xil bo‘ladi: hayit kunlari so‘yiladigan qurbonlik, nazr qurbonligi, shukr qurbonligi, mayyit nomidan so‘yiladigan qurbonlik, aqiqa qurbonligi va hady (hajda so‘yiladigan) qurbonlik. Bu qurbonliklarning barchasi bir narsaga erishgandan yoki ma’lum amallarni bajargandan keyin so‘yiladi. Masalan, hayit kuni iyd namozi o‘qib bo‘lingach vojib qurbonligini so‘yish mumkin. Nazr qurbonligi banda Allohdan so‘ragan narsaga erishganidan keyin so‘yiladi. Shukr qurbonligi ham xuddi shunday. Aqiqa farzand ne’matiga yetishgani uchun so‘yiladi.
Yangi ish boshlashdan oldin nazr qurbonligini niyat qilish yaxshidir. Ya’ni, bir kishi: “Agar shu ishim yurib ketsa yoki falon miqdorda foyda olsam, Alloh yo‘lida qurbonlik qilaman”, deb niyat qiladi va o‘sha foydani qo‘lga kiritsa, qurbonlik qilish unga vojib bo‘ladi. Mana shu eng maqbul yo‘ldir. Bu ham shariatga muvofiq, ham banda ishi unumli bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
    Eslatib o‘tish kerak, qurbonlikka tovuq yoki xo‘roz so‘yilmaydi. Keyin balolarni daf qilish, musibatlardan saqlanish uchun ko‘proq ixtiyoriy sadaqalar qilib turish lozim. Sadaqa banda boshiga tushgan va tushishi mumkin bo‘lgan musibatlarni aritishi haqida rivoyatlar bor.
    Xulosa qiladigan bo‘lsak, biron ish boshlashdan oldin qurbonlik qilish, xalq tili bilan aytganda, qon chiqarib yuborish shart emas. Balki o‘sha korxona ochilib, ishlari rivojlangach, keyin jonliq so‘ysa bo‘ladi. Biroq, korxona ochilishida mehmonlarni chaqirib, ularning duosini olish joiz va yaxshidir. Agar shu ma’noda bo‘lsa, ya’ni yangi ish boshlashdan oldin Alloh mazkur ishga muvaffaq qilganiga shukrona tarzida hamda yoshi ulug‘larning duosini olish va ehson qilish ma’nosida bo‘lsa, durustdir, Vallohu a’lam!

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217645
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Yangi ish boshlashdan oldin qon chiqarib yuborish kerakmi? 04.09.2016

Assalomu alaykum, qori aka. Sizga bir savolim bor edi: halqimizda bir odam yangi ishxona ochsa yoki yangi ish boshlasa, Qon chiqazib yuborish kerak, deb xoroz yo qochqor soyish odati mavjud. Agar shu ishni qilmasa va osha korxonada biron kulfat bolib qolsa, Qon chiqarish kerak, degandim-ku qabilidagi gaplarni eshitamiz. Shu gap togrimi? Qon chiqazib yuborish kulfatlar oldini oladimi? Bu shirkka olib bormaydimi?

12164