Ассалому алейкум
Mavzu:

Namoz vaqtida safni to‘ldirsa bo‘ladimi? 09.01.2017

Savol:

   Assalom alaykum hurmatli ustoz! Juma namozida ikki rakaat farz namozi bor, imom takbir aytib namozga kirgandan keyin ham saf to‘ldirish davom etadi, ana shu payt farz namoziga takbir va sano aytgandan keyin oldimizda bir joy ochilib qoladi shu payt safni to‘ldirish mumkinmi? Chunki farz namozida safni to‘ldirilmasa katta yoshlilar namozingizga qusur tushadi, bazilar esa namoz qabul bo‘lmaydi deydilar.

Bo`lim Ibodat masalalari
4610
Javob:

    Va alaykum assalom. Jamoat namozida saf to‘liq va tekis bo‘lishi kerak. Fiqh kitoblarida yozilishicha, oldingi safda joy bo‘la turib, keyingi safda turish makruh sanaladi.

عَنْ أَبِي بَكْرَةَ أَنَّهُ انْتَهَى إِلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَهُوَ رَاكِعٌ فَرَكَعَ قَبْلَ أَنْ يَصِلَ إِلَى الصَّفِّ فَذَكَرَ ذَلِكَ لِلنَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالَ: زَادَكَ اللَّهُ حِرْصًا وَلاَ تَعُدْ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ وَأَبُو دَاوُدَ وَأَحْمَدُ.

 

   Abu Bakradan rivoyat qilinishicha, u Nabiy sollallohu alayhi va sallam ruku qilib turganlarida yetib bordi, safga yetmay turib ruku qildi. Buni Nabiy sollallohu alayhi va sallamga aytgandi, u zot: “Alloh (yaxshilikka) ishtiyoqingni ziyoda etsin! Boshqa bunday qilma!” dedilar (Buxoriy, Abu Dovud va Ahmad rivoyati).
   Ulamolar rivoyatdagi “boshqa bunday qilma” jumlasidan kelib chiqib aytishadi: “Saf ortida namozxonning yolg‘iz o‘zi turishi joiz. Agar mumkin bo‘lmaganida, Rasuli akram sollallohu alayhi va sallam Abu Bakraga namozni qaytadan o‘qishni buyurardilar” (Manba: Badriddin Ayniy, “Sharhu sunani abi dovud”).
    Agar namoz boshlangandan keyin oldingi safda ochiq joy paydo bo‘lsa, bir-ikki qadam tashlab, safni to‘ldirsa bo‘ladi. Lekin bunda namoz tashqarisidagi odamning “Oldinga o‘t!” “Sal suril!” kabi so‘zlariga javob qilmasligi kerak. Aks holda namoz buziladi. Vallohu a’lam!




Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217440
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Namoz vaqtida safni to‘ldirsa bo‘ladimi? 09.01.2017

Assalom alaykum hurmatli ustoz! Juma namozida ikki rakaat farz namozi bor, imom takbir aytib namozga kirgandan keyin ham saf toldirish davom etadi, ana shu payt farz namoziga takbir va sano aytgandan keyin oldimizda bir joy ochilib qoladi shu payt safni toldirish mumkinmi? Chunki farz namozida safni toldirilmasa katta yoshlilar namozingizga qusur tushadi, bazilar esa namoz qabul bolmaydi deydilar.

4610