Ассалому алейкум
Mavzu:

Muqtadiy bir kishi bo‘lsa! 03.04.2017

Savol:

   Assalomu alaykum, hurmatli domla. Imom bilan bir kishi namoz o‘qiganda safda qanaqa turilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi? Bu javob qaysi hadisdan ekanini aytsangiz! Chunki “Sahihul buxoriy”da kelgan hadisda, agar ikki kishi farz namozni ado etsa, ikkinchi odam imomning o‘ng tomonida turadi, deyilgan. Biroq unda imomdan ozgina orqaroq turish kerak deb, aytilmagan?

Bo`lim Ibodat masalalari
5850
Javob:

    Va alaykum assalom. Ikki kishi namoz o‘qiganida ulardan biri imomlikka o‘tadi. Boshqasi undan sal orqaroqda turadi. Aniqrog‘i, iqtido qilgan namozxonning oyoq panjalari uchi imomning tovoni bilan barobar bo‘ladi. Bunga quyidagi rivoyat dalildir. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Men xolam Maymunaning uylarida tunab qoldim. Nabiy sallallohu alayhi va sallam kechasi turib namoz o‘qiy boshladilar. Men ham u zotning chap tomonlarida turib namoz o‘qiy boshladim. U zot mening boshimdan ushlab o‘ng tomonlariga turg‘azib qo‘ydilar” (Buxoriy, Muslim, Abu Dovud va Termiziy rivoyati). 

 

   Siz bu rivoyatda muqtadiy imomdan sal orqaroqda turishi haqida biron nima aytilmagan desangiz, u holda mana bu rivoyatni ko‘rib chiqamiz. Samura ibn Jundub roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, biz uch kishi bo‘lsak, birimiz oldinga o‘tishni buyurganlar” (Termiziy rivoyati). 

 

Demak, imomga ergashuvchi ikki va undan ortiq bo‘lsa, muqtadiylar ikkinchi safda turadilar. Agar iqtido qiluvchi bir nafar bo‘lsa, imomdan sal orqaroqda turadi. Bu rivoyatda muqtadiy faqat ikki kishi bo‘lsagina ikkinchi safda turishi aytilmoqda. Ma’lumki, iqtido qiluvchi bir nafar bo‘lsa, imom bilan bir chiziqda turishi mumkin emas. Imom “oldinda turuvchi” ma’nosini anglatadi. Demak, imom bilan bir nafar odam namoz o‘qiganida uning o‘ng tomonida turadi, ikkinchi safga o‘tmaydi, balki oyoq barmoqlarining uchi imom tovoni bilan bir chiziqda bo‘ladi. Vallohu a’lam! 

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 218730
  • Sayyidul-istig‘for duosini o‘rganamiz

    Allohumma anta Robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana abduka va ana ala ahdika va vadika mastatotu. Auzu bika min …

    17.12017 98136
  • Alloh la’natlagan pardoz

    Alloh taolo Ozi yaratgan barcha jonzotlar ichida insonni eng gozal suratda yaratganini takidlab, Quroni karimda shunday…

    19.32017 47155
  • QUR’ON tilovati

    Quron oqishdan avval poklanib oling. "Uni (Quronni) tahoratli kishilardan ozgalar ushlamaslar" (Voqea, 79). Quron oqi…

    18.82016 45600
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Muqtadiy bir kishi bo‘lsa! 03.04.2017

Assalomu alaykum, hurmatli domla. Imom bilan bir kishi namoz oqiganda safda qanaqa turilsa maqsadga muvofiq boladi? Bu javob qaysi hadisdan ekanini aytsangiz! Chunki Sahihul buxoriyda kelgan hadisda, agar ikki kishi farz namozni ado etsa, ikkinchi odam imomning ong tomonida turadi, deyilgan. Biroq unda imomdan ozgina orqaroq turish kerak deb, aytilmagan?

5850