Ассалому алейкум
Mavzu:

Farishtalarda aql bormi? 21.07.2016

Savol:

Assalomu alaykum. Bu rivoyatni internetda o‘qidim: “Alloh uch narsaga jon ato etdi: farishtaga, insonga va hayvonga. Farishtaga aql, hayvonga nafs, insonga ham nafs, ham aql berdi. Inson aqli nafsdan ustun kelsa, farishtadan a’lodir. Nafs aqldan ustun kelsa, hayvondan-da yomondir”. Savol shuki, farishtada aql bo‘ladimi?

Bo`lim Aqida
6779
Javob:

Va alaykum assalom. Alloh taolo O‘zi yaratgan maxluqotlarga O‘zi xohlagan xususiyatni singdirishi mumkin. Masalan, aqlni olaylik. Biz aql faqat insongagina berilgan, deb o‘ylaymiz. Aslida jin va farishtalarda ham aql bor. Ma’lumot o‘rnida shuni aytib o‘tish kerak: jinlar ham biz kabi Allohga imon keltirishga, U Zot buyurgan amallarni bajarishga, harom ishlardan tiyilishga buyurilgan. Allohning buyruqlarini bajarish uchun aql kerak. Agar jinlarda aql bo‘lmaganida Alloh ularni mukallaf qilmasdi.
   Alloh farishtalarni turli vazifalarga tayinlagan. Masalan, Jabroil alayhissalom vahiy farishtasi, Isrofil sur chaluvchi farishtadir. Yana qanchadan-qancha farishtalar bor, ular Allohning amridan zinhor chetga chiqmay, U Zot buyurgan ishlarni bajaradilar. Ular shuning uchun yaratilgan. Ba’zi rivoyatlarda ma’lum guruh farishtalar tinmay ruku’da turishlari, boshqalari doim sajda qilgan holda bo‘lishlari aytilgan.
   Endi farishtalarga aql berilgani haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, Alloh taolo Baqara surasining avvalgi oyatlarida, ya’ni Odam alayhissalomning yaratilish qissasida farishtalarning: “U yerda buzg‘unchilik qiladigan, qonlar to‘kadigan kimsani (xalifa) qilasanmi? Holbuki, biz hamdu sano aytish bilan Seni ulug‘laymiz, Sening pokligingni e’tirof etamiz”, degan so‘zlarini keltirgan. Bundan tashqari boshqa oyatlarda kelishicha, farishtalar mo‘min bandalar gunohlari kechirilishini Allohdan so‘raydilar, hadisi shariflarda musulmon uzoqdagi (g‘oibdagi) musulmon birodari haqqiga xolis duo qilinganida, bir farishta: “Omin”, deb turishi aytilgan. Demak, farishtalar Allohga murojaat qilar, mo‘minlar haqqiga istig‘for aytar, duolari ijobat bo‘lishini so‘rar ekanlar, bu ishlarni bajarish uchun aql kerak. Jumladan, gapirish uchun aql, fikrlash lozim. Aqlsiz jumla tuzish mumkin emas. Bundan, farishtalarda aql bor, degan xulosa chiqadi. Ammo ularning aqli bilan bandalar aqli o‘rtasida biz bilgan, bilmagan farqlar bor. Bu haqida ortiqcha gap aytish to‘g‘ri emas. Muhimi biz farishtalar mavjudligiga, ularni Alloh yaratganiga, turli vazifalarni topshirganiga imon keltirsak, kifoya qiladi. Vallohu a’lam!

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217715
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Farishtalarda aql bormi? 21.07.2016

Assalomu alaykum. Bu rivoyatni internetda oqidim: Alloh uch narsaga jon ato etdi: farishtaga, insonga va hayvonga. Farishtaga aql, hayvonga nafs, insonga ham nafs, ham aql berdi. Inson aqli nafsdan ustun kelsa, farishtadan alodir. Nafs aqldan ustun kelsa, hayvondan-da yomondir. Savol shuki, farishtada aql boladimi?

6779