Ассалому алейкум
Mavzu:

Sehrga qarshi qaysi sura yoki oyatlar o‘qiladi? 26.07.2016

Savol:

Assalomu alaykum Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li! Sehrdan saqlanish uchun qanday kalimani o‘qib yurish kerak?

Bo`lim Aqida
55875
Javob:

Va alaykum assalom. Sehrga qarshi quyidagi sura va oyatlar o‘qilishi tavsiya etiladi:

 

1. Fotiha surasi.
2. Baqara surasi (imkoni bo‘lsa, to‘liq yoki Baqara surasining 102, Oyatul kursiy va mazkur surasi oxirgi oyatlari).
3. A’rof surasining 117-122-oyatlari.
4. A’rof surasining 139-oyati.
5. Yunus surasining 81-82-oyatlari.
6. Isro surasining 81-oyati.
7. Toha surasining 69-oyati.
8. Anbiyo surasining 18-oyati.
9. Anbiyo surasining 70-oyati.
10. Shuaro surasining 43-48 hamda 80-oyatlari.
11. Furqon surasining 23-oyati.
12. Muhammad surasining 28-oyati.
13. Ixlos surasi.
14. Falaq surasi.
15. Nos surasi.

 

    Sehrga qarshi bularning hammasini o‘qish afzal. Ammo Fotiha, Baqara (Oyatul kursiy, suraning oxiri), Ixlos va muavvizatayn bilan cheklansa ham bo‘ladi. Shuningdek, besh vaqt namozdan keyin Oyatul kursiyni o‘qish odat qilib olinsa, manfaati ko‘p bo‘ladi, inshaalloh. Bu bilan banda Allohning himoyasiga kiradi, jin va shaytonlar zararidan saqlanadi hamda vafot etganidan so‘ng jannatga kirishiga sabab bo‘ladigan amalni qilgan sanaladi.
    Mazkur sura va oyatlarni uch yoki yetti marta qiroat qilinadi. Buni suvga o‘qib, dam solib ichish ham mumkin. Sehrni muolaja qilishda e’tiqodni to‘g‘rilash, Allohga bo‘lgan imonni mustahkamlash, mana shu qiroat faqat Alloh izni bilangina manfaat berishini aniq bilish kerak bo‘ladi. Sehrgarlar sehri botil ish ekani, Alloh iznisiz biron sehrgar yoki jin va shayton bandaga zarar yetkazolmasligini bilish ham muhim. Agar banda buni o‘zi o‘qiy olsa, o‘ziga-o‘zi dam soladi. Aks holda e’tiqodi to‘g‘ri, ilmli va taqvoli kishiga dam soldiradi. Vallohu a’lam!

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217710
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Sehrga qarshi qaysi sura yoki oyatlar o‘qiladi? 26.07.2016

Assalomu alaykum Odilxon qori Yunusxon ogli! Sehrdan saqlanish uchun qanday kalimani oqib yurish kerak?

55875