Ассалому алейкум
Mavzu:

Namozni har qanday joyda o‘qisa bo‘ladimi? 06.03.2017

Savol:

    Safar chog‘ida kishi musofir bo‘lsa va namoz vaqti kirib qolsa qiblani tahminan topib toza kiyim yoki toza mato ustida namoz o‘qish mumkinmi?

Bo`lim Ibodat masalalari
7349
Javob:

     Bismillah, valhamdulillah. Albatta bo‘ladi. Har qanday pokiza joyda namoz o‘qish mumkin.

 

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: جُعِلَتْ لِي الأَرْضُ مَسْجِدًا وَطَهُورًا. رَوَاهُ أَصْحَابُ السُّنَنِ وَسَنَدُهُ صَحِيحٌ.

 

   Abu Hurayra roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladi: “Yer men uchun masjid va poklovchi qilindi” (Sunan sohiblari rivoyati. Hadis sanadi sahih).
   Bu rivoyatda Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga berilgan ikki xislat zikr etilmoqda. Unga ko‘ra, ummati muhammadiya Yer yuzining qayerida bo‘lmasin, cho‘lmi, dalami, tog‘mi, dengizmi, namoz vaqti kirsa, pokiza joy bo‘lsa, har qanday o‘rinda namoz o‘qishi joiz. Namoz faqat masjidlarda yoki maxsus joylardagina o‘qilmaydi.
   Shuningdek, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam va u zotning ummatlariga Yer (tuproq va pokiza yer jinsi) poklovchi, namozni, boshqa ibodatlarni muboh qiluvchi etildi. Agar suv bo‘lmasa yoki suv ishlatishga imkon topilmasa, har qanday banda, qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, pokiza tuproq bilan tayammum qilib namoz o‘qishi mumkin. Bu musulmonlar uchun Alloh tarafidan yengillikdir.

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 218796
  • Sayyidul-istig‘for duosini o‘rganamiz

    Allohumma anta Robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana abduka va ana ala ahdika va vadika mastatotu. Auzu bika min …

    17.12017 98147
  • Alloh la’natlagan pardoz

    Alloh taolo Ozi yaratgan barcha jonzotlar ichida insonni eng gozal suratda yaratganini takidlab, Quroni karimda shunday…

    19.32017 47167
  • QUR’ON tilovati

    Quron oqishdan avval poklanib oling. "Uni (Quronni) tahoratli kishilardan ozgalar ushlamaslar" (Voqea, 79). Quron oqi…

    18.82016 45622
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Namozni har qanday joyda o‘qisa bo‘ladimi? 06.03.2017

Safar chogida kishi musofir bolsa va namoz vaqti kirib qolsa qiblani tahminan topib toza kiyim yoki toza mato ustida namoz oqish mumkinmi?

7349