Ассалому алейкум
Mavzu:

Xushusiz o‘qilgan namozning hukmi! 23.03.2017

Savol:

    Assalomu alaykum. Savol: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh tasnif qilgan "Amallar niyatga bog‘liqdir" kitobining 139-sahifasida shunday deyilgan: "Qunya kitobida shunday deyilgan: Bir inson namozni boshlasa, so‘ngra tijorat yoki biror masala haqidagi fikr uni mashg‘ul qilib qo‘ysa va shu holatda namozini oxiriga yetkazsa, unga namozini qaytarib o‘qishi mustahab emas".

   Ayni shu masala Kumushxonaviyning "Jomi’ ul-mutun" nomli kitobida shunday bayon qilinibdi: "Bir kishi namozni boshlaganidan keyin tijorat va hokazo masalalar (fikri) bilan mashg‘ul bo‘lsa, namozini qaytadan o‘qimog‘i mustahabdir, deyilgan. "Qinniya" nomli kitobda shunday deyiladi". 215-sahifa.(Tarjimon Mirzo Kenjabek, 2000 yil Toshkent)
Yuqoridagi ikki masala ham "Niyatdagi ixlos" nomli sarlavha ostida yozilgan. Shayx rohimahulloh yuqoridagi kitoblarida "Al-Ashboh van-nazoir" kitobidan tarjima qilganlar. "Jomi’ ul-mutun"dagi matn va sharhlar ham bir xil. Faqat tarjimada ikki xil keltirilgan. Menda tug‘ilgan savollar quyidagicha bo‘ldi:                                                                                                                  

1. Bu ikki tarjimadagi matnning asl manbasida yoki boshqa mu’tabar manbalarda bu masalada nima deyilgan?

2. Haqiqitda xushu’siz o‘qib bo‘lingan namozni qaytadan o‘qish mustahab bo‘ladimi? Javobingiz uchun oldindan tashakkur!

Bo`lim Ibodat masalalari
6957
Javob:

   Va alaykumus salom. Ibn Nujaymning “Al-ashbohu van-nazoir” kitobida “xushuni tark etgani uchun namozni qaytadan o‘qish mustahab emas”, deyilgan. 

   Ba’zi ulamolar nazdida, xushu namozning farzlaridan sanaladi. Usiz namoz to‘g‘ri bo‘lmaydi. Lekin, jumhur ulamolarga ko‘ra, xushu namozning sunnatlaridan biridir. Agar ruknlari to‘kis ado etilsa, namozda xushuni tark etilsa ham, namoz to‘g‘ri bo‘laveradi. Zero, xushu qalb amali bo‘lib, bu bilan namoz buzilmaydi. Agar namozxon ibodat chog‘ida xushuga zid ishlarni qilsa, ibodatining savobi kamayadi. 

   Shundan kelib chiqib, namozxon yuzini qiblaga qaratganidek, qalbini ortiqcha o‘y-xayollardan forig‘ etib, Allohga xushu-xuzu bilan ibodat qilish maqsadga muvofiqdir. Zotan, xushu namozning ruhi, ibodat savobining mukammal bo‘lishiga vositadir. Vallohu a’lam! 

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 218624
  • Sayyidul-istig‘for duosini o‘rganamiz

    Allohumma anta Robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana abduka va ana ala ahdika va vadika mastatotu. Auzu bika min …

    17.12017 98115
  • Alloh la’natlagan pardoz

    Alloh taolo Ozi yaratgan barcha jonzotlar ichida insonni eng gozal suratda yaratganini takidlab, Quroni karimda shunday…

    19.32017 47141
  • QUR’ON tilovati

    Quron oqishdan avval poklanib oling. "Uni (Quronni) tahoratli kishilardan ozgalar ushlamaslar" (Voqea, 79). Quron oqi…

    18.82016 45555
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Xushusiz o‘qilgan namozning hukmi! 23.03.2017

Assalomu alaykum. Savol: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh tasnif qilgan "Amallar niyatga bogliqdir" kitobining 139-sahifasida shunday deyilgan: "Qunya kitobida shunday deyilgan: Bir inson namozni boshlasa, songra tijorat yoki biror masala haqidagi fikr uni mashgul qilib qoysa va shu holatda namozini oxiriga yetkazsa, unga namozini qaytarib oqishi mustahab emas". Ayni shu masala Kumushxonaviyning "Jomi ul-mutun" nomli kitobida shunday bayon qilinibdi: "Bir kishi namozni boshlaganidan keyin tijorat va hokazo masalalar (fikri) bilan mashgul bolsa, namozini qaytadan oqimogi mustahabdir, deyilgan. "Qinniya" nomli kitobda shunday deyiladi". 215-sahifa.(Tarjimon Mirzo Kenjabek, 2000 yil Toshkent) Yuqoridagi ikki masala ham "Niyatdagi ixlos" nomli sarlavha ostida yozilgan. Shayx rohimahulloh yuqoridagi kitoblarida "Al-Ashboh van-nazoir" kitobidan tarjima qilganlar. "Jomi ul-mutun"dagi matn va sharhlar ham bir xil. Faqat tarjimada ikki xil keltirilgan. Menda tugilgan savollar quyidagicha boldi: 1. Bu ikki tarjimadagi matnning asl manbasida yoki boshqa mutabar manbalarda bu masalada nima deyilgan? 2. Haqiqitda xushusiz oqib bolingan namozni qaytadan oqish mustahab boladimi? Javobingiz uchun oldindan tashakkur!

6957